Oxirgi 6 oy ichida ishimni deyarli to’liq sun’iy intellektga topshirib ishladim. Natijalar juda yaxshi, loyihamizni launch qildik va bozorga tezroq moslashib oldik. Asosiy ishimdan tashqari loyihalar olib pul ishladim va natija a’lo darajada. Sun’iy intellekt bilan loyihalarni tezroq va xatolarsiz ko’tarishni o’rgandim.
Lekin…
Miyyam chiriyotganini his qila boshladim. Ya’ni eslab qolish, hisob-kitob qilish, muammoga yechim topish va hokazo ishlarda qiynala boshladim. Sun’iy intellekt yaxshi ishlayapti, lekin miyamizning chirishining oldini olishimiz kerak ekanligini tushunib yetdim.
Sport bilan shug’ullanishdan maqsad sog’-salomat bo’lish va muskullarimizni ushlab qolish. Endi bizga miyamizning ishlashini ushlab qolish uchun miyamizni sport bilan shug’ullantirish shart.

Xulosa
Oson ketyaptimi — demak yomonlashyapti. Hech qachon o’sish yoki rivojlanish oson kechmaydi.
O’zingizning hayot tarzingizdan kelib chiqib miyangizga sport turini toping va shug’ullantiring.
Matematika, fizika, algoritm masalalarini yechish, yangi til o’rganish, yozish, o’qish va boshqa miya uchun qiyin bo’lgan narsalar bilan shug’ullaning. Bu hammada har xil bo’lishi mumkin, xullas izlaning!
Bu mavzuga yana qaytamiz inshaAlloh, bu muammo endi doim aktual bo’ladi deb o’ylayman. Hozirda bu muammoni yechish uchun o’zimning ustimda ham tajribalar qilib ko’ryapman.