Hozirgi vaqtda, shunchaki foydali narsalarni yoki biror bir izlanish haqida gaplashishga harakat qilsangiz atrofdagi odamlarni fikri:
- Aqillilik qilorma
- Bunchalik aqilli bo’lma
- Sen hali yoshsan, kattalarni aytganini qil.
- Yashasangchi…
Shu va shunga oxshagan fikrlar ko’p eshitaman. Biror bir tushunchangizni bo’lishmoqchi bo’lsangiz, suhbat “kimni fikri to’g’ri” degan musobaqaga aylanadi natijada kegingi safar u odamga hech narsa gapirishni istamay qolasiz. Salom alikdan uyog’iga o’ta olmaysiz. Juda ko’p odamlar (ayniqsa yoshlar) shunday sinib ketayotganini guvohi bo’lyapman.
Nima uchun bitta fikrni boshqa bir odamga singdirishga harakat qilamiz, ahir bu bizni fikrimizku va bu to’g’ri fikr deb hechkim kafolat bermaydi. Bularni nima uchun yozyapman, o’zimham shunaqa edim. Bitta fikrni boshqa odamga singdirishga harakt qilardim, vaqtlar o’tib bu narsa noto’g’ri ekanligini tushunib yetdim. To’g’ri bazi qaltis mavzular bor bular uchun kurashish kerak va u odamni noto’g’ri yo’ldan qaytarish kerak. Lekin boshqa jabhalarda odamni o’ziga qo’yib berish kerak ekan, uni o’zini tajribalari bo’lishi kerak deb o’ylayman.
Bizni mintalitetimizda firk almashish degan tushunchani musobaqaga aylantirib yuborishadi ko’p holatda. O’zimham eshitishni o’rganyapman, oldin bilmas edim.